2020-yil 30-noyabr (dushanba)dan birinchi kurs talabalari uchun ta'lim an'anaviy shakl (oflayn)ga qaytadi. So'rovnomada oflayn o'qishni tanlagan barcha birinchi kurs talabalari darsda qantashishlari tavsiya qilinadi.
Yuqoridagilar bilan bog'liq holda quyidagilarni ma'lum qilamiz:
- Yangi dars jadvali va guruhlar ro'yxati universitetning o'quv bo'limi tomonidan ichki aloqa vositalari orqali e'lon qilinadi.
- Universitetda darslar barcha sanitariya me'yorlariga mos ravishda o'tkaziladi.
- Agar shamollash alomatlari bo'lsa, talabalar zudlik bilan guruh yetakchisiga xabar berishlari va o'qishni onlayn tarzda davom ettirishlari kerak.
- Oflayn ta'limdan onlaynga o'tishni hohlagan talabalar o'quv bo'limiga murojaat qilishlari kerak
- Onlayn shakldan oflaynga o'tish faqat joriy o'quv yilning ikkinchi semestridan boshlab mumkin bo'ladi
Universitet hududida rioya qilinishi kerak bo'lgan qoidalar:
- Universitetga niqobsiz kirish qat'iyan man qilinadi.
- Ijtimoiy masofaga rioya qilish.
- Stol va stullarni joyini o'zgartirish taqiqlanadi.
Hurmat bilan,
Puchon Universiteti ma'muriyati