T.S.S

Tez So`Raladigan Savollar


Universitet haqida

  • Universitet xususiy hisoblanadimi?

    Yo‘q, universitet O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 50 foizi xususiy, qolgan 50 foizi esa davlatga tegishli. Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (02.07.2018-yil 3821-sonli) qarori asosida tashkil etilgan. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Koreyadagi Puchon Universiteti uning ta'sischilari hisoblanadi. Toshkent shahridagi Puchon Universiteti Koreyadagi Puchon Universitetining chet eldagi birinchi filiali hisoblanadi. Koreyadagi ushbu universitet 1958-yilda tashkil etilgan.