Kirish imtihonlari natijalari 2020 yil

14/09/20, 12:28

Hurmatli abituriyentlar,
Universitetimizga qabul natijalarini e’lon qilishdan mamnunmiz. Imtihon natijalari va abituriyentlar reytingidagi o’rningizni universitetimiz veb-saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun:

  • Quyidagi ssilka bo’yicha kiring;
  • Login va parolingizni kiriting (login va parol ma’lumotlari hujjatlarni topshirgandan so’ng olingan ro’yxatga olish kvitansiyasida ko’rsatilgan).

** KIRISH IMTIHONLARINI MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRGAN TALABALAR DIQQATIGA

Universitetimizga o’qishga kirgan talabalarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatish uchun universitet bilan shartnoma tuzishga taklif qilinadi.

Shartnoma tuzish muddati: 15 - 22 sentabr , 2020-yil.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng, 22-sentabrga qadar universitet bilan shartnoma tuzishi kerak. Universitet ushbu majburiyatni bajarmagan abituriyentni o‘qishga kirganlar safidan chiqarib, ro‘yxatda keyingi o‘rinda turgan abituriyent bilan shartnoma tuzish huquqiga ega.

Shartnoma tuzish muddati: 15 - 22 sentabr, 2020-yil.

Quyida universitet bilan shartnoma tuzishning ikkita usuli keltirilgan

ОFLAYN da shartnoma tuzish

ОNLAYN da shartnoma tuzish
(*ushbu imkoniyat Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan tashqarida yashovchilar uchun mo’ljallangan)
  • Shartnomani tuzish tartibi: dushanba - juma, 10:00 - 17:00. Tushlik vaqti: 12:00 - 13:00;
  • Universitet manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 ko’chasi, 38А berk (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji binosi ). Mo’ljal: shahar bojxonasi;
  • Abituriyentning yonida pasport va STIR (INN) (soliq to’lovchining identifikatsiya raqami) bo’lishi shart. STIR (INN) ga ega bo’lmagan abituriyentlar uni olishlari shart;
  • Shartnoma tuzishdan oldin abituriyentlar va ularning ota-onalariga shartnoma shartlari haqida konsultatsiya beriladi;
  • Shartnoma tuzishda maksimal ikki kishi ishtirok etishi mumkin : abituriyent va uning ota yoki onasi/vasiylaridan biri.
  • Shartnoma tuzish tartibi: dushanba - juma, 10:00 - 17:00;
  • Shartnomani onlayn ro’yxatdan o’tkazish Telegram orqali amalga oshiriladi. Abituriyentlar Telegram (@but_admission) ga murojaat qilishi, F.I.Sh va qabul qilingan fakultetini to’liq yozishi kerak. Shuningdek, abituriyent STIR (INN) rasmini (soliq to’lovchining identifikatsiya raqami) yuborishi kerak. STIR (INN) ga ega bo’lmagan abituriyentlar uni olishlari shart;
  • Kun davomida universitet xodimlari shartnoma tuzadilar va to’ldirilgan shartnomaning skanerlangan nusxasini abituriyentga yuboradilar;
  • Shartnoma shartlari bo’yicha konsultatasiya uchun telefon raqamlari +998(78) 150-40-02 (206).

**KUTISH RO’YXATIDAGI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Kutish ro’yxatidagi abituriyentlarni chaqirish 23 - 30 sentabr kunlari amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni kutish ro’yxatidan chaqirish reytingga muvofiq individual ravishda (telefon orqali) amalga oshiriladi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.