Kirish imtihonlariga bag’ishlangan ma’lumotlar sessiyasi

26/08/20, 15:34

Hurmatli abituriyentlar,
Kecha ya’ni 25-avgust kuni 4 ta onlayn ma’lumotlar sessiyasi bo’lib o’tdi, unda biz kirish imtihonlari qanday o’tkazilishini aytib berdik. Quyida ma’lumotlar sessiyasida eng ko’p berilgan savollar sharhini va ularga berilgan javoblarni yig’dik. Shuningdek, online yig’ilishda ko’rsatilgan materiallarni ilova qilamiz. Materiallar o’zbek va rus tillarida mavjud.

Aktual savol-javoblar

  • Test sinovlari jarayonining o’tkazilish tartibi.
  • Test sinovlari universitet veb-saytidagi abituriyent shaxsiy kabinetida o’tkaziladi. Imtihon jarayoni Microsoft Teams ilovasi orqali nazorat qilinadi hamda tekshiriladi. Abituriyent bir texnik qurilmaga Microsoft Teamsni o’rnatishi, boshqa qurilma orqali esa test sinovlaridan o’tishi kerak.

    Abituriyent test sinovlari boshlanishidan 30 minut oldin Microsoft Teams ilovasiga kirib universitetdan bo’ladigan qo’ng’iroqni kutishi kerak. Butun imtihon jarayoni mobaynida universitet bilan video va audio aloqa uzilmasligi shart. Hujjatlar tekshirilgandan so’ng abituriyent qat’iy belgilangan vaqtda test sinovlarini boshlaydi. Abituriyentga testdan o’tishi uchun 70 minut vaqt beriladi. Test sinovlarining yakunida ekranda natijasi ko’rsatiladi: to’g’ri va noto’g’ri javoblar soni. Shu bilan kirish imtihonlarining birinchi bosqichi tugaydi.

    Saytdagi shaxsiy kabinetingiz ( test sinovlarini topshirish uchun)ga kirish uchun login va parol bilan Microsoft Teams (video aloqa uchun)ga kirish uchun login va parolni adashtirib yubormaganingizga ishonch hosil qiling. Shuningdek, barcha abituriyentlarimizga shaxsi kabinetlariga hamda Microsoft Teams orqali shaxsiy profillariga kirishni oldindan sinab tekshirishlarini tavsiya qilamiz. Muammolarga duch kelsangiz, 951963601 yoki 951963602 telefon raqamlariga ish vaqti mobaynida qo’ng’iroq qiling.

  • Veb-saytdagi shaxsiy kabinetimga kira olmay imtihon vaqtini bila olmayapman nima qilsam bo’ladi?
  • Sahxsiy kabinetga kirish uchun bizning veb-saytimiz https://but.uz ssilkasi orqali kirasiz hamda “shaxsiy kabinetga kirish” ni tanlab, login va parolingizni kiritish uchun maydonni ko’rasiz. Login va parol abituriyent ro’yxatga olish kvitansiyasining pastki qismida ko’rsatilgan.( ro’yxatdan o’tilgandan so’ng berilgan olingan hujjat ya’ni universitet muhri va abituriyent rasmi bor bo’lgan hujjat). Ma’lumotlarni kvitansiyangizda yozilgan shaklda kiritishingiz kerak.
  • Microsoft Teams ilovasidagi profilimga qanday kirishim mumkin?
  • Аbituriyent Microsoft Teams ilovasini o’rnatishi kerak. Ilovani ochgandan so’ng elektron manzilni terish uchun maydon ko’rsatiladi. Ushbu maydonga abituriyent ro’yxatga olish raqami@but.uz ni kiritishingiz kerak. Masalan, 2020123456@but. Keyin parolni kiritishingiz kerak, parol - but2020* ( hamma uchu bir xil)
  • Test sinovlari vaqtini o’zgartirish mumkinmi?
  • Yoq, test sinovlari vaqti va sanasini o’zgartirish mumkin emas.
  • Test sinovlari paytida yonimizda nima bo’lishi kerak?
  • Faqat pasport, ro’yxatdan otish kvitansiyasi va test sinovlarini topshirish uchun qurilmadan boshqa hech nima kerak emas. . Ortiqcha boshqa predmetlar abituriyentni qo’shimcha tekshiruviga olib kelishi mumkin .
  • Qanday hollarda test sinovlarini qayta topshirish mumkin ?
  • Qayta topshirish faqat abituriyent test sinovlari paytida texnik muammolarga duch kelgan taqdirda mumkin. Agar bunday vaziyat yuzaga kelsa, darhol universitet bilan bog;lanishi kerak. Tekshiruvdan keyin abituriyent qayta test sinovlarini topshirishi mumkin bo’lgan alohida kun belgilanadi. Abituriyent qayta test sinovlaridan o’tadi, savollar tarkibi yangilariga almashtiriladi. Qayta topshirish faqat bir marta amalga oshiriladi.

    Test sinovlarini vaqtini to’liq o’tkazib yuborgan abituriyentlarning qayta topshirishlariga yo’l qo’yilmaydi..

  • Bitta qurilma orqali ham test yechish ham video-qo’ng’iroqni amalga otkazish mumkinmi?
  • Yo’q, abituriyent test sinovlaridan o’tishi uchun ikkita qurilma zarur .
  • Test sinovlari paytida kamera qayerda joylashgan bo’lishi kerak?
  • Video-aloqa orqali kuzatuvchi abituriyentning test sinovlari qoidalarini buzmasligiga ishonch hosil qilish uchun uning tana qismini ham ko’rishi kerak. Shunga ko’ra, ko’ra abituriyent kamerani yuqoridagi talabga javob beradigan masofaga o’rnatishi (joylashtirishi) kerak.
  • Har bir fakultetda o’tish ballari bormi?
  • Yo’q, bundan ballar hech bir fakultetda yo’q. Har bir fakultetda abituriyentlarning reytingi ( eng yuqori balldan boshlab) tuziladi. Ro’yxatda yuqorida bo’lgan abituriyentlar o’qishga kirgan hisoblanadilar.
  • Abituriyentlar (birdan oshiq kishi) video-aloqa uchun bitta kameradan foydalanishlari mumkinmi?
  • Yo’q, har bir abituriyent test sinovlaridan o’tishi va video-qo’ng’iroqqa alohida javob berishi kerak. Huddi shu qoida shaxsiy kabinetga kabinetga ham tegishli - abituriyent o’zining shaxsiy kabinetida test sinovlaridan o’tishi kerak.
  • Test sinovlari qoidalarini buzish deganda nimlar nazarda tutiladi?
  • Test sinovlarini o’tkazish qoidalarini qo’pol ravishda buzilishi quyidagilardan iborat: boshqa birov o’rniga test topshirish, test paytida gapirish (shu jumladan, pichirlash), harakatlanish, boshqalarning yordamidan hamda shpargalkalardan foydalanish (shu jumlada internetdan), ortiqcha harakatlar qilish,universtitet video-kuzatuvisiz test topshirish, video va audioni o’chirish.
  • Test sinovlari qoidalari buzilgan taqdirda nima qilinadi ?
  • Microsoft Teams ilovasi (hisobotlar va video) va universitet sistemasi (faoliyat to’g’risidagi hisobot) test jarayoni paytida va undan keyin tekshiriladi. Agar nomuvofiqliklar, qoida bizilishlar aniqlansa, universitet imtihon tartibi, qoidalarini buzgan abituriyentning natijalarini bekor qiladi.
  • Suhbat imtihonida qanday savollar beriladi?
  • Aniq belgilangan savollar ro’yxati yo’q. Psixologik turdagi savollar beriladi. Suhbatning asosiy maqsadi abituriyentning fikrlashi, dunyoqarashi va hulq-atvorini aniqlashdir